Joriy yilning 27 may kuni "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ boshqaruv raisi M.K. Mirxamidov va Qozog'istonning KTZ Express kompaniyasi bosh direktori o'rinbosari U.A. Orazov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, Transafg'on koridori bo'yicha konteyner tashuvlarini oshirish hamda ushbu yo'nalishda "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ Termiz logistika markazi infratuzilmasidan foydalanish kabi masalalarni muhokama etdilar.

Uchrashuv davomida mavjud transport yo'nalishlaridan yanada samarali foydalangan holda konteyner tashuvlari bo'yicha qo'shma loyihalar yaratishga alohida e'tibor qaratildi.
Shu bilan birga tomonlar belgilangan tashabbuslarni amaliy amalga oshirish yuzasidan ishchi guruh tashkil etishga kelishib oldilar.