img
  • 2025-06-03

IKKINCHI O’ZBEKISTON - XITOY HUDUDLARARO FORUMI: YANGI HAMKORLIK SARI QADAM

Joriy yilning  1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan O’zbekiston - Xitoy biznes forumi doirasida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ vakillari samarali ishtirok etdi.

Ko’rgazmada 500 dan ortiq Xitoy kompaniyalari o’z mahsulotlari taqdimotini amalga oshirdi, hamda ikki tomonlama Forumda 1800 dan ortiq tadbirkorlar va davlat vakillari ishtirok etdi. G2B va B2B formatida potensial loyihalar tahlil qilindi, muzokaralar olib borildi va bitimlar imzolandi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi o’rinbosari A.X. Axmedov va Gansu provinsiyasi vitse-gubernatori Lei Siwei o'rtasida uchrashuv tashkil etildi. 2-iyun kuni B2B uchrashuvlar doirasida “O’ztemiryo’lkonteyner” AJ va “Gansu International Logistics Group Co. Ltd” o’rtasida o'zaro hamkorlik Kelishuvi imzolandi.

Xujjatga ko'ra Xitoy - Qirg'iziston - O'zbekiston multimodal yo'nalishi orqali konteyner tashuvlarini rivojlantirish, hamda O’zbekistondan eksport yo'nalishida Xitoyga Qirg'iziston orqali ilk blok poyezdni yuborish bo'yicha kelishildi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida Samarqand viloyatidagi "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ Ulug'bek logistika markazi infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi.