img
  • 2025-06-04

“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA YANGI BOSQICHGA O‘TMOQDA


2-5 iyun kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida bo'lib o'tayotgan "Transport logistic" ko'rgazmasi doirasida "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ va Latviyaning SIGIS kompaniyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko'ra SIGIS kompaniyasi yuk tashuvlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ faoliyatiga tadbiq etish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatadi.

Shuningdek memorandumda kelgusida "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ faoliyatini raqamlashtirish bo'yicha kompleks xizmatlarni ko'rsatish nazarda tutilgan.

Mazkur memorandumning imzolanishi 'O‘ztemiryo‘lkonteyner' AJ faoliyatini xalqaro standartlarga mos ravishda yanada samarali tashkil etish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.