
Joriy yilning 3-iyul kuni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ishchi xodimlari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, maxsus himoya kiyimlaridan foydalanish, evakuatsiya tartiblari va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar va tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini amalda qo‘llab ko‘rishdi.

Bunday tadbirlar xodimlarning xavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi, shu bilan birga korxonada mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.