Joriy yilning 19 aprel kuni “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ majlislar zalida korrupsion holatlarning oldini olish va diniy ekstremizmga qarshi kurashishni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining oʻrinbosari T.Matibayev, “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ raxbar xodimlari, boʻlim boshliqlari, logistika markazlari yoshlari ishtirok etdilar.
T.B. Matibayev tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari hamda Oʻzbekistonda diniy ekstremizmga qarshi qaratilgan islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Seminar soʻnggida xodimlar mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.