img
  • 2025-07-10

KONTEYNER TASHUVLARI VA EKSPRESS POYEZDLAR: TADBIRKORLAR UCHUN YANGI YECHIMLAR

"O'zbekiston temir yo‘llari" AJ Boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha 1255-sonli buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida joylarda eksport va import bila shug'ullanuvchi korxonalar bilan tizimli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlarda temiryo‘l orqali konteynerlarda yuklarni eksport va import qilish imkoniyatlari hamda ichki tashuvlarda ekspress poyezdlar xizmatidan foydalanishdagi imtiyozlar haqida korxonalarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, Samarqand avtomobil zavodi, “SamPlast” va “Baxmal to‘qima” kompaniyalari bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida import tovarlarini “Chuqursoy – Ulug‘bek” yo‘nalishida ekspress poyezdlar orqali tashish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Bunday uchrashuvlar mamlakatimizning eksport-import salohiyatini oshirish, temiryo‘l orqali yuk tashish hajmini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.