img
  • 2025-07-25

"O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER" AJ XIZMAT KO‘RSATISH YO‘NALISHLARINI KENGAYTIRMOQDA — XALQARO YO‘NALISHLARDA AVTOMOBIL TASHUVLARI YO‘LGA QO‘YILDI

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ tomonidan logistika sohasidagi xizmatlar turini kengaytirish maqsadida xalqaro yo‘nalishlarda konteynerlarni avtotransportda tashish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Xalqaro tashuvlar doirasida kompleks xizmatlar ko‘rsatish hamda multimodal tashuvlarni rivojlantirish bo'yicha joriy yilda kompaniya tomonidan xalqaro avtomobil tashuvlariga ruxsat beruvchi litsenziya olindi.

Iyul oyida Qirg‘izistonning Osh shahridan Toshkent shahriga birinchi avtomobil tashuvlari reysi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Yig‘ma yuklardan iborat 20 futli konteyner yo'nalish davomida "Do‘stlik" bojxona punkti orqali taxminan 400 km masofani bosib o‘tdi.

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ logistika xizmatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, mijozlar ehtiyojlariga mos va bozor talablari asosida takomillashgan yechimlarni taklif etish yo‘nalishida ishlarini davom ettiradi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Tel.: +998991401111

Email: marketing@utk.uz