img
  • 2025-09-16

O‘RTA KORIDOR IMKONIYATLARI VA YANGI HAMKORLIK LOYIHALARI BOKU FORUMIDA MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 9–12-sentyabr kunlari “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro “Qora dengiz–Kaspiy logistika forumi: yo‘nalishlar, yuklar, infratuzilma” forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagini kengaytirish istiqbollari, Ozarbayjonning mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi salohiyati hamda "O'rta koridor" orqali o‘tuvchi yo‘nalishlarning strategik ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirda Turkiyada logistika infratuzilmasini rivojlantirish, konteynerlashtirish jarayonini jadallashtirish, dengiz portlari va terminallarni yangi yuk oqimlariga moslashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xizmat safari davomida “ADY Express” va “Alliance Multimodal” kompaniyalari bilan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida yuk oqimini oshirish, CASCA+ yo‘lagiga yangi xususiy operatorlarni jalb qilish va Xitoy–Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo'yicha ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, 11-sentabr kuni Ozarbayjondagi yirik logistika obyekti bo'lgan “Apsheron Logistika Markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.