img
  • 2025-09-18

TRANSPORT-LOGISTIKA KOMPANIYALARI VA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT ISHTIROKCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Transport-logistika tizimini yanada samarali tashkil etish, yuk tashuvlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida 17 sentyabr kuni transport-logistika kompaniyalari hamda eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. 

Tadbirda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi M.K. Mirxamidov kompaniya tomonidan O'zbekiston-Yevropa yo'nalishida yo'lga qo'yilgan konteyner tashuvlari bo'yicha batafsil ma'lumot berib, yig'ilish ishtirokchilarini ushbu tashuvlarda faol hamkorlikka chaqirdi.

Uchrashuv davomida shuningdek eksportyor va importyor korxonalar o‘z takliflarini bildirib, yuklarni tashish jarayonida uchrayotgan qiyinchiliklar va tranzit tashish vaqtlarini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida bildirilgan taklif va so‘rovlar tegishli tartibda qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.