"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ O‘zbekiston hududi bo‘ylab joylashgan 8 ta logistika markazida ochiq va yopiq turdagi bojxona omborlariga ega bo‘lib, tashqi savdo operatsiyalarini yanada tezkor va qulay tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Ushbu omborlar orqali import va eksport yuklarini bojxona nazorati ostida saqlash, saralash hamda keyingi tashish jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan.

Bojxona omborlari tadbirkorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qator qulayliklarni taqdim etadi. Xususan:
✅yuklarni bojxona rasmiylashtiruviga qadar saqlash;
✅konteyner va vagonlardan yuklarni tushirish hamda qayta yuklash ishlarini amalga oshirish;
✅ bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini bevosita logistika markazining o‘zida tashkil etish.

Yuklarni saqlash va bojxona rasmiylashtiruvini bir joyda amalga oshirish uchun "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ bojxona omborlari xizmatlaridan foydalaning.
