2025 yil davomida O‘zbekistonda import va eksport yo‘nalishlarida temir yo‘l transporti orqali tashilgan konteynerlar hajmi 355 752 TEUni tashkil etib, 2024 yilga nisbatan 21% ga oshgan.
Jumladan:
🔸eksport yo‘nalishida – 99 637 TEU (2024 yilga nisbatan +3,5%);
🔹import yo‘nalishida – 256 115 TEU (2024 yilga nisbatan +30%).
Tashish hajmlarining o‘sishi asosan import yo‘nalishida Oltinko'l, Do'stlik, Magnitogorsk va boshqa yo‘nalishlar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Eksport yo‘nalishida esa yuk hajmining o‘sishi, asosan, Magnitogorsk stansiyasi orqali amalga oshirilgan tashuvlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, 2025 yilda an’anaviy hisoblangan Rossiyaning Uzoq Sharq portlari (xususan, Naxodka va Vladivostok) orqali tashiladigan eksport-import yuklari hajmida ma’lum darajada kamayish kuzatilgan.
Ayni paytda, o‘tgan yil davomida yangi logistika yo‘nalishlari ham faollashtirildi. Jumladan, Gruziyaning Poti porti orqali Yevropa davlatlariga konteyner tashuvlari amalga oshirildi. Shuningdek, Hindistondan Eronning Bandar-Abbos porti orqali O‘zbekiston va Qozog‘istonga konteyner yuklarini tashish yo‘nalishi ham yo‘lga qo‘yildi.