img
  • 2026-03-24
  • 7

BUXORO LOGISTIKA MARKAZIDA YANGI INFRATUZILMA OBYEKTI ISHGA TUSHIRILDI

Buxoro viloyatida joylashgan Buxoro logistika markazi hududida yuk tashish samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim infratuzilma obyekti foydalanishga topshirildi. Ushbu loyiha doirasida vagonlar va avtomobil transporti o'rtasida yuklarni qayta yuklashga mo'ljallangan platforma ishga tushirildi.

Mazkur platforma orqali yuklarni bir transport turidan boshqasiga tezkor va samarali ravishda o'tkazish imkoniyati yaratildi. Bu esa logistika jarayonlarini optimallashtirish, vaqt sarfini qisqartirish, shuningdek, operatsion xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, yangi infratuzilma obyekti Turkmaniston, Eron hamda Yaqin Sharq davlatlaridan keluvchi yuklarni import va tranzit yo'nalishlarida qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi hududning transport-logistika salohiyatini yanada yuksaltirish, xalqaro yuk oqimlarini samarali tashkil etish va mamlakatning tranzit imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi