img
  • 2026-04-03
  • 20

"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ hamda jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida yeg'ilish

Joriy yilning 25-mart sanasida "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ hamda jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi bandlarining 2025-yil davomida bajarilishi yuzasidan hisobot hamda 2026–2028 yillar uchun tuzilayotgan yangi jamoa shartnomasi loyihasini tasdiqlash bo‘yicha videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.X. Axmedov hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.R. Shakirhodjayeva hisobotlari tinglandi.

Hisobot davomida so‘zga chiqqanlar hisobot davrida mehnat jamoalarida erishilgan natijalar, shuningdek, ijtimoiy va jamoat ishlarida amalga oshirilgan tadbirlar haqida so‘z yuritib, 2025-yilda jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishini qoniqarli deb baholadilar.


Shuningdek, yig'ilish davomida "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ hamda kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2026–2028 yillar uchun yangi tahrirdagi jamoa shartnomasi qabul qilindi.

Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni reja asosida, tizimli va samarali tarzda amalga oshirish belgilab olindi.


Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi