img
  • 2026-06-01
  • 18

"O'ztemiryo'lkonteyner" AJ aksiyadorlari diqqatiga!

2026-yil 23-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uy manzilida bo‘lib o‘tadigan “O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi haqida xabar beradi. 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2026-yil 1-iyun etib belgilandi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2026-yil 17-iyun etib belgilandi.

KUN TARTIBI:

1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi, qoidalari va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;

2. Ijroiya organining faoliyati, moliyaviy holati, biznes-rejaning bajarilishi yakunlari va 2025-yilda rivojlanish strategiyasiga erishish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash. 

3. Jamiyatning 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik faoliyatini milliy standartlariga muvofiq tuzilgan auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.

4. Jamiyatning 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning xalkaro standartlariga muvofiq tuzilgan auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.

5. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.

6. Jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.

7. Jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.

8. Jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha sof foydani taqsimlanishini tasdiqlash. 

9. Jamiyatning 2026-yilga mo‘ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash.

10. Jamiyatning Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

11. Jamiyatning Ijroiya organi a’zolari bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirish.

12. Jamiyatning 2026-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS), Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MXHS) asosida audit o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish va mustaqil auditorlar uchun to‘lanadigan haqning maksimal miqdoriga asosan jamiyat faoliyatini tekshirish uchun mustaqil auditorlik tashkilotini tasdiqlash. 

13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.12.2020 yildagi 775-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini (KPE) tasdiqlash.

14. Jamiyatning affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni ma’qullash.

15. Jamiyatning xarakat tarkib parki uchun yopiq vagon, fiting platformasi va universal konteynerlarni harid qilishni ma’qullash. 

Qatnashchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda soat 09:00 dan boshlab o‘tkaziladi. Aksiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aksiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bo‘lishi shart.

Umumiy yig‘ilish uchun tayyorlangan xujjat va ma’lumotlar bilan jamiyat joylashgan manzilda tanishish mumkin.

Telefon: 78-148-37-78 (747) aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi