img
  • 2026-01-21
  • 36

RAQAMLASHTIRISH, IT VA XORIJIY TILLAR — ZAMON TALABI

Joriy yilning 21-yanvar kuni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Boshqaruv raisining o'rinbosari A.X. Axmedov boshchiligida Chuqursoy logistika markazida "rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida zamonaviy logistika tizimlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, IT-kompetensiyalar va axborot tizimlarining ahamiyati muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, logistika jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish samaradorlikni oshirish hamda tizimlarni modernizatsiya qilishning muhim omilidir.

Shuningdek, tadbirda xorijiy tillarni o‘rganish masalasi ham alohida e’tibor qozondi. Xususan, ingliz va xitoy tillari hozirgi kunda logistika va transport sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun zarur talabga aylanmoqda. Yoshlarni til o‘rganishga jalb etish, IT sohasidagi bilimlarini oshirish va ularning professional salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, sport bilan shug‘ullanish orqali jismoniy va ruhiy salohiyatni mustahkamlash tadbirning asosiy mavzulari bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini amaliy loyihalarga tatbiq etish uchun ichki imkoniyatlarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi