2026 yilning dastlabki uch oyi davomida O‘zbekistondan Xitoy Xalq Respublikasiga Qozog‘istonning Altinko'l stansiyasi orqali jami 76 ta blok poyezd muvaffaqiyatli jo‘natildi.

Toshkent MTU – Altinko'l yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashuvlarida asosiy ulush Sergeli, Toshkent, Chuqursoy, Nazarbek va Jaloir logistika markazlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 2026 yilning I choragi davomida mineral o‘g‘itlar, kaliy, alyuminiy, mosh va polietilen kabi eksportbop yuklar ortilgan jami 4992 ta konteynerdan iborat blok poyezdlar harakati amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent MTU – Altinko'l yo‘nalishida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan o‘z boshqaruvidagi fiting platformalarda konteyner tashuvlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.
