img
  • 2026-04-07
  • 13

2026 YILNING I CHORAGIDA O‘ZBEKISTONDAN XITOYGA 76 TA BLOK POYEZD JO‘NATILDI

2026 yilning dastlabki uch oyi davomida O‘zbekistondan Xitoy Xalq Respublikasiga Qozog‘istonning Altinko'l stansiyasi orqali jami 76 ta blok poyezd muvaffaqiyatli jo‘natildi.


Toshkent MTU – Altinko'l yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashuvlarida asosiy ulush Sergeli, Toshkent, Chuqursoy, Nazarbek va Jaloir logistika markazlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 2026 yilning I choragi davomida mineral o‘g‘itlar, kaliy, alyuminiy, mosh va polietilen kabi eksportbop yuklar ortilgan jami 4992 ta konteynerdan iborat blok poyezdlar harakati amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent MTU – Altinko'l  yo‘nalishida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan o‘z boshqaruvidagi fiting platformalarda konteyner tashuvlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.


Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi