“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ vakillari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya Urumchi shahridagi transport-logistika infratuzilmasi obyektlari, sohada joriy etilgan zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, shuningdek, Urumchi erkin savdo zonasining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Xizmat safari doirasida Xitoyning yirik logistika kompaniyalaridan biri — Xinjiang Commercial Logistics vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar davomida kompaniyaga qarashli logistika markazida yuklarni konsolidatsiya qilish, istiqbolli qo‘shma investitsiya va logistika loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy ombor infratuzilmasini tashkil etish, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ logistika markazlarida Xitoy mahsulotlarini vaqtincha saqlash va realizatsiya qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.