img
  • 2025-04-15

"O'ztemiryo'lkonteyner" AJ aksiyadorlari diqqatiga!

Hurmatli «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ aksiyadorlari !

«O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uyda joylashgan, elektron manzili info@utk.uz, 2025-yil 13-may kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uy manzilida bo‘lib o‘tadigan Aksiyadorlarning navbatdan tashkari umumiy yig‘ilishi haqida xabar beradi. 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2025-yil 15-aprel etib belgilandi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2025-yil 8-may etib belgilandi.

KUN TARTIBI:

1.   Kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini muddatdan oldin tugatish. 

2.  Kuzatuv kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash.

Qatnashchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda soat 14.00 dan boshlab o‘tkaziladi. Aksiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aksiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bo‘lishi shart.

Umumiy yig‘ilish uchun tayyorlangan xujjat va ma’lumotlar bilan jamiyat joylashgan manzilda tanishish mumkin.

Telefon orqali yordam: 78-148-37-78 (747) aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi.