img
  • 2025-05-19

"O'ztemiryo'lkonteyner" AJ aksiyadorlari diqqatiga!

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uyda joylashgan, elektron manzili info@utk.uz, 2025-yil 13-may kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uy manzilida bo‘lib o‘tgan Aksiyadorlarning navbatdan tashkari umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchilar soni 35 foizni tashkil etganligi hamda kvorum bo‘lmaganligi sababli Aksiyadorlarning takroriy navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 6-iyun kuni soat 15:00 ga ko‘chirilganligi haqida xabar beradi.

Aksiyadorlarning takroriy navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2025-yil 22-may etib belgilandi.

Aksiyadorlarning takroriy navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2025-yil 30-may etib belgilandi.

KUN TARTIBI:

1.   Kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini muddatdan oldin tugatish. 

2.  Kuzatuv kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash.

Qatnashchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda soat 14.00 dan boshlab o‘tkaziladi. Aksiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aksiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bo‘lishi shart.

    Umumiy yig‘ilish uchun tayyorlangan xujjat va ma’lumotlar bilan jamiyat joylashgan manzilda tanishish mumkin.

  Telefon orqali yordam: 78-148-37-78 (747) aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi.