O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57 sonli “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan 2024 yil 30 yanvarda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida, elektr energiyasini tejash maqsadida:
2024 yilning rejasiga muvofiq sentabr oyida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJga qarashli Buxoro logistika markaziga 15 kWt va Ulug‘bek logistika markaziga 10 kWt, jami 25 kWt quvvatga ega bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari o‘rnatildi.
Logistika markazlarini muqobil energiyaga o‘tkazish orqali bir oy davomida o‘rtacha 2400 kWt/soat energiya ishlab chiqarilib, Buxoro va Ulug‘bek logistika markazlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha 26% elektr energiyasini iqtisod qilishga erishildi.
Shu bilan birga ushbu logistika markazlari o‘z ehtiyojidan ortiq bo‘lgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlariga o‘rnatilgan tariflarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar asosida sotishga kelishildi.