img
  • 2025-02-14

"O'ZTEMIRYO'LKONTEYNER" AJ ERONNING BANDAR-ABBAS PORTI ORQALI KONTEYNER TASHUVLARINI RIVOJLANTIRADI

"O'zbekiston-Turkmaniston-Eron" koridori orqali eksport, import va tranzit konteyner tashuvlari hajmini oshirish maqsadida "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ va Eronning "Vision Global Terminal" kompaniyalari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ boshqaruv raisi v.b. M.K. Mirxamidov, "Vision Global Terminal" kompaniyasi ijrochi direktori Pejman Jafari va tegishli mutaxassislar ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar Bandar-Abbas portida "Vision Global Terminal" kompaniyasiga tegishli terminal orqali O'zbekiston yuklarini Hindiston va Braziliyaga jo'natish, tranzit yuk tashish vaqtini qisqartirish, Saraxs stansiyasi negizida aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan terminal imkoniyatlaridan foydalanish kabi masalalarni muhokama etdilar.