"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ logistika markazlarida doimiy ravishda ishchi xodimlarning bilim va malakasini oshirish maqsadida Yuk va tijorat ishlari bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘quv seminarlari olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 19-21 fevral kunlari Chuqursoy, Toshkent va Sergeli logistika markazlari xodimlari bilan Yuklarni ochiq vagonlarga joylashtirish va mahkamlash qoidalari, Tijoriy va umumiy dalolatnomalarni tuzish, Yuklarni konteynerlarda tashishni tasdiqlash, Bojxona omborlarining faoliyati kabi mavzularda amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur seminarlar konteyner tashish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, bojxona va logistika amaliyotlarini takomillashtirish hamda xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan.