
Hurmatli «Oʻztemiryoʻlkonteyner» AJ aksiyadorlari!
«Oʻztemiryoʻlkonteyner» AJ rahbariyati jamiyatning aksiyadorlariga talab etilmagan yillar yakuni boʻyicha hisoblangan dividendlarni toʻlanishi davom etmoqdaligini va 2022 yil yakuni boʻyicha dividendlar toʻlanishi uchun tegishli tartibda aksiyadorning arizasi, pasport nusxasi, plastik karta raqami va bank maʼlumotlari (Bank nomi, MFO, tranzit hisob raqami va STIRi)ni ilova qilgan holda murojaat qilishingiz mumkinligini maʼlum qiladi.
Batafsil
"Oʻztemiryoʻlkonteyner" AJ hamda Shandong Port Group (Xitoy) kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
5 sentabr kuni Toshkentda Xitoy (Shandong) – Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik va almashinuv konferensiyasi hamda “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Batafsil
Xitoyning Jiangsu provinsiyasi vakillarining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi boʻlib oʻtdi
12-14 avgust kunlari Xitoyning Jiangsu provinsiyasi transport boshqarmasi va Lyangyungan porti vakillari Oʻzbekistondagi logistika markazlari imkoniyatlarini oʻrganish uchun xizmat safarida boʻldi.
Batafsil
"Oʻzbekiston - Turkmaniston - Eron" yoʻnalishi boʻylab konteyner tashuvlarini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama etildi
Joriy yilning 20 iyul kuni "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari X. N. Raxmetov hamda tashuvlar va logistika boʻyicha oʻrinbosari A. A. Kamildjanov boshchiligida Eronning "Vision Global Terminal" hamda Turkmanistonning "TULM" kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Batafsil
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston multimodal yo‘nalishida Xitoydan O‘zbekistonga konteyner blok-poyezdi jo‘natildi
Bugun, 2023-yil 5 iyul kuni Landjou stansiyasidan "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston" multimodal yo‘nalish bo‘yicha konteyner blok-poyezdining jo‘nash marosimi bo‘lib o‘tdi
Batafsil