img
  • 2026-08-10
  • 12

SLAVYAN KARVONI: BIRINCHI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI BLOK-POYEZD TOSHKENTGA YETIB KELDI

2026-yil 30-iyul kuni Belarus Respublikasining Orsha-Vostochnaya stansiyasidan jo‘natilgan "Slavyan karvoni" nomli birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezd Toshkent shahridagi Chuqursoy stansiyasiga muvaffaqiyatli yetib keldi.

Poyezdni tantanali kutib olish marosimida Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati hamda temiryo‘l transporti sohasi rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir davomida mazkur loyihaning xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Belarus o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini yanada mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Loyiha doirasida birinchi blok-poyezd qariyb 4 ming kilometr masofani atigi 6 sutkada bosib o‘tdi va yangi transport xizmatining samaradorligini amalda tasdiqladi. Mazkur loyiha Belarus, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ mazkur yo‘nalish bo‘yicha mijozlarga import va eksport yuklarini tashish, shuningdek Belarus Respublikasi hududi orqali Yevropa davlatlariga tranzit yuk tashuvlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks transport-logistika xizmatlarini taqdim etadi.

Tashish tariflari va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Tel.: +998 99 140-11-11
Tel.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: jdkexp@utk.uz
marketing@utk.uz

Maxsus imkoniyatlar
Shrift o'lchami
Rang sxemasi