img
  • 2025-05-26

"TOSHKENT-FUZHOU" YO'NALISHIDA BIRINCHI KONTEYNER POYEZDI JO'NATILDI

Joriy yilning 23 may kuni "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ Toshkent logistika markazi, "Orient Logistics Center" terminalidan Xitoyning Fuzhou stansiyasiga birinchi konteyner poyezdini jo'natish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov va Xitoy Xalq Respublikasining Futszyan viloyati hokimi Jao Lun ishtirok etdi.

Tarkibida 50 ta 40 futlik "Ip tolasi" yuklaridan iborat bo'lgan konteyner poyezdi Qozog'istonning Altinkol eksp stansiyasi orqali Xitoyning Sharqiy qismida joylashgan Fuzhou stansiyasiga 6700 km masofani 15-20 kunda bosib o'tishi rejalashtirilgan.