2025-yil 4-iyun kuni Germaniya Sharqiy Biznes Assotsiatsiyasi tomonidan Myunxen shahrida “Savdo yo‘llarining yangi talqini: Trans-Kaspiy yo‘lagi bo‘yicha Global Gateway tashabbusi uchun yo‘l xaritalari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ boshqaruv raisi M.K. Mirxamidov, “Rhenus Group” kompaniyasi Kengash loyihalari direktori G. Kerstgens, "KTZ Express" logistika bo'yicha bosh direktor o'rinbosari A. Kapar, ADY kompaniyasi raisi maslahatchisi E. Mammadov va boshqa bir qator ekspertlar ishtirok etishdi.
Konferensiyaning asosiy e’tibori Trans-Kaspiy yo‘lagi (Middle Corridor) doirasida global transport aloqalarini mustahkamlash, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilish hamda Global Gateway tashabbusining roli va imkoniyatlariga qaratildi.
Konferensiya davomida "O'ztemiryo'lkonteyner" AJ boshqaruv raisi M.K. Mirxamidov tomonidan Trans-Kaspiy yo‘lagi orqali yuk tashishdagi mavjud infratuzilma holati, logistika tizimidagi to‘siqlar, bojxona tartibotlari, multimodal tashuv imkoniyatlari va o'zaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirda Trans-Kaspiy yo‘lagi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, “yashil” logistika yechimlari, hamda xususiy sektor ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslar ilgari surildi.