img
  • 2025-06-02

Hurmatli «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ aksiyadorlari !

«O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uyda joylashgan, elektron manzili info@utk.uz, 2025-yil 25-iyun kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasi 7-uy manzilida bo‘lib o‘tadigan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi haqida xabar beradi. 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2025-yil 3-iyun etib belgilandi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi 2025-yil 19-iyun etib belgilandi.

KUN TARTIBI:

1.   Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi, qoidalari va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;

2.  Ijroiya organining faoliyati, moliyaviy holati, biznes-rejaning bajarilishi yakunlari va 2024-yilda rivojlanish strategiyasiga erishish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash. 

3.  Jamiyatning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha auditorlik faoliyatini milliy standartlariga muvofiq tuzilgan auditorlik tashkilotining xulosasini ko‘rib chiqish.

4.  Jamiyatning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning xalkaro standartlariga muvofiq tuzilgan auditorlik tashkilotining xulosasini ko‘rib chiqish.

5.  Kuzatuv kengashining 2024-yil yakunlari bo‘yicha hisoboti.

6.  2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobot.

7.  2024-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash hisobotini ko‘rib chiqish.

8.  2024-yil yakunlari bo‘yicha sof foydani taqsimlash taklifi to‘g‘risida. 

9.   Jamiyatning 2025-yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi to‘g‘risida.

10.    Jamiyatning yangi Tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

11.    2025-yil uchun jamiyatning Kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash.

12.   2025-yil uchun jamiyatning Ijroiya organi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash.

13.  2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS), Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MXHS) asosida audit o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish va mustaqil auditorlar uchun to‘lanadigan haqning maksimal miqdoriga asosan jamiyat faoliyatini tekshirish uchun mustaqil auditorlik tashkilotini aniqlash. 

14.   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.12.2020 yildagi 775-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq jamiyatning 2024-yil yakunlari bo‘yicha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini (KPE) ko‘rib chiqish.

15.   Affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risida.

Qatnashchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda soat 14:00 dan boshlab o‘tkaziladi. Aksiyadorlarda pasport yoki guvoxnoma, aksiyadorning vakillariga esa qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bo‘lishi shart.

Umumiy yig‘ilish uchun tayyorlangan xujjat va ma’lumotlar bilan jamiyat joylashgan manzilda tanishish mumkin.

Telefon: 78-148-37-78 (747) aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi.