Joriy yilning 22-avgust kuni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Boshqaruv raisi M.K. Mirxamidov boshchiligida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusi besh yilga mo‘ljallangan kompaniya strategiyasiga to'xtalib o'tildi. Xususan, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan logistika markazlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish, kompaniya faoliyatiga zamonaviy raqamli yechimlar va axborot tizimlarini joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda yosh kadrlar bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Kompaniya xodimlari o‘rtasida xorijiy tillarga (ingliz, xitoy va boshqalar) bo‘lgan qiziqishni oshirish, zarur o‘quv kurslari va shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish uchun ichki ko‘mak mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.