
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili boshchiligidagi delegatsiya Gruziyada barpo etilayotgan Anaklia Deep Sea Port qurilish maydoniga tashrif buyurib, port infratuzilmasi va qurilish ishlari jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya, shuningdek, Poti erkin sanoat zonasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati va ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif doirasida Poti portining tranzit va logistika salohiyati atroflicha o‘rganildi.

Tomonlar transport va logistika yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish, yuk tashish hajmlarini oshirish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.