Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil sentabr oyida Germaniyaga tashrifi davomida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Germaniyaning “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari oʻrtasida Andijon viloyatida hamkorlikda zamonaviy multimodal logistika markazini qurish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi. Ushbu kelishuvga koʻra Andijon logistika markazi negizida “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ va “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari oʻrtasida “UzContargo Andijan” qoʻshma korxonasini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy logistika markazi ochiq va yopiq bojxona omborlari, konteynerlarni ortish-tushirish maydoni, ogʻir yuklarni qayta ishlash va multimodal tashuvlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. 2024-2026 yillarda loyihaga 20 mln. Yevro investitsiya kiritish orqali kelgusida logistika markazida yiliga 250-300 ming tonna yukni qayta ishlash imkoni yaratiladi. “UzContargo Andijan” qoʻshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi mart oyining oxirlariga rejalashtirilmoqda.