img
  • 2024-02-20

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Germaniyaning yirik logistika kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy multimodal transport logistika markazi tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil sentabr oyida Germaniyaga tashrifi davomida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Germaniyaning “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari oʻrtasida Andijon viloyatida hamkorlikda zamonaviy multimodal logistika markazini qurish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi. Ushbu kelishuvga koʻra Andijon logistika markazi negizida “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ va “Rhenus SE&Co. KG” kompaniyalari oʻrtasida “UzContargo Andijan” qoʻshma korxonasini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.


   Zamonaviy logistika markazi ochiq va yopiq bojxona omborlari, konteynerlarni ortish-tushirish maydoni, ogʻir yuklarni qayta ishlash va multimodal tashuvlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. 2024-2026 yillarda loyihaga 20 mln. Yevro investitsiya kiritish orqali kelgusida logistika markazida yiliga 250-300 ming tonna yukni qayta ishlash imkoni yaratiladi. “UzContargo Andijan” qoʻshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi mart oyining oxirlariga rejalashtirilmoqda.